Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Cingapurda Islom madaniyatiga bag‘ishlangan onlayn-ko‘rgazma tashkil etildi

SINGAPUR, 4 mart. /Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi tomonidan Imom Buxoriy Xalqaro tadqiqot markazi bilan hamkorlikda va «Dacore IT» kompaniyasi ko‘magida «Islom madaniyati: Imom Buxoriy» onlayn-ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Tadbir O‘zbekiston madaniy va tarixiy merosi, islom dini qadriyatlari, shuningdek, mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollarini targ‘ib qilish maqsadlariga qaratildi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari orasida taniqli miniatyurachi Davlat Toshev, kitoblarni sharqona uslubda bezash ustasi Kamoliddin Abdullaev, yosh iste'dodli rassomlar - xattot Shayxa Abdullaeva, grafika bo‘yicha mutaxassis Yoqub Beknazarov, fotograf Muhiddin Ali bor.

Dunyoga mashhur «So‘g‘diyona» xalq musiqa asboblari kamer orkestri ko‘rgazma uchun maxsus «Zikr» nomli yangi kompozisiya yaratdi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan barcha san'at asarlari «Sahih al-Buxoriy» hadislaridan ilhomlanib yaratilgan.

Onlayn-tadbirda O‘zbekiston elchisi Qahramon Shokirov so‘zga chiqib, ushbu ko‘rgazma mamlakatimizning madaniy, tarixiy merosi va zamonaviy san'atini ommalashtirish, islom dinining haqiqiy qadriyatlarini ochib berish, shu jumladan, buyuk islom mutafakkiri Imom Buxoriy hayoti va merosi, uning «Sahih al-Buxoriy» asari mazmun-mohiyati va yaratilish tarixi haqida ma'lumotlar taqdim etishga qaratilganini ta'kidladi.

Shuningdek, ishtirokchilarga o‘zbek rassomlari haqida ma'lumot berildi, ular hadislar mazmunini o‘z asarlari orqali qanday ifodalayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston zaminida qadim zamonlardan buyon turli din vakillari ahil-totuv yashagani, bu yurt farzandlari algebra, tibbiyot, astronomiya va boshqa fanlar, dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgani qayd etildi.

Onlayn-ko‘rgazmada O‘zbekistonning taniqli san'at ustalari bilan bir qatorda yosh rassomlar ham ijodiy ishlarini namoyish etdi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonida Yangi O‘zbekiston y...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat si...

BMT Bosh Assambleyasi tadbiri doirasida ...

Kecha Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi raisi Abdulloh Shahid tashabbusi bilan «Inkl...

American Councils O‘zbekistonga 1000 ga ...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika kengashlari (American C...

So`nggi yangiliklar