Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   COVID-19

COVID-19: O‘tgan kecha-kunduzda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 400 dan ortdi


TOSHKENT, 5-may. /“Dunyo” AA/. Seshanba kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar 404 kishiga ortdi. Ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni pandemiya boshlangandan bugungi kunga qadar 92 ming 724 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning eng ko‘pchiligi Toshkent shahrida (208), shuningdek Samarqand (84) va Toshkent (73) viloyatlarida ro‘yxatga olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotga qaraganda, kecha 277 nafar bemor butkul sog‘aygan va tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan (tuzalganlarning umumiy soni 88 ming 535 tani tashkil etmoqda).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida koronavirusga chalingan 3 ming 534 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid

Poytaxtimizdagi 16 va 1-sonli shahar shi...

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (x...

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka davomida ...

Ularning 143 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 552 nafari koronavirusga chali...

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bem...

Namanganda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan ...

So`nggi yangiliklar