Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyul/2020   COVID-19

COVID-19: O‘zbekistonda chorshanba kuni 500 dan kam bemor aniqlandi


TOShKENT, 23 iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonda 498 ta COVID-19ga chalinish holati aniqlandi va bu ko‘rsatkich 18 ming 379 tani tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyul kuni virus karantin muassasalarida bo‘lib turgan 93 kishida hamda isitma yoki bemor odamlar bilan aloqa qilish tufayli COVID-19ga test topshirganlarning 405 nafarida qayd etilgan.

Kecha koronavirusdan 351 kishi sog‘aygan va ularning umumiy soni 9 ming 772 taga yetgan.

Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida 8 ming 409 bemor davolanmoqda, ulardan 102 nafarining ahvoli og‘ir, 27 nafariniki esa - o‘ta og‘ir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda va Surxondaryoda bittadan bemor vafot etganini rasman e’lon qildi (COVID-19 tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 98 kishini tashkil qilmoqda).

Chorshanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 ming 706 kishi uyda koronavirusdan davolanayotganini birinchi marta ma’lum qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda o‘tgan o‘n bir soat davom...

15-oktabr soat 10:00 holatida, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni ...

COVID-19: O‘zbekistonda vaksinatsiya bos...

Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, shu kungacha Toshkent va Nukus shaharlari h...

"PENG SHENG" O‘zbekiston-Xitoy QK Sirdar...

Sirdaryo tumanidagi "PENG SHENG" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan tuman aholi...

So`nggi yangiliklar