05/Mart/2021 COVID-19
TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 taga ortib, umumiy kasallanganlar 80 ming 81 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, kecha 135 kishi ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Ayni paytda yurtimizda 78 ming 722 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aygan.
Hozir mamlakatimizda 737 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.