Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   COVID-19

COVID-19ning yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni cheklaydi


 TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qator yangi tartib va cheklovlar belgilanganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, so‘nggi kunlarda Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya, Avstraliya, Misr hamda Janubiy Afrika mintaqasi mamlakatlarida (Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Lesoto, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini va Tanzaniya) koronavirusning yangi “omikron” shtammi keng tarqalib, epidemiologik vaziyat keskinlashib borayotgani munosabati bilan, qator davlatlarda, xususan, AQSH, Avstriya, Germaniya, Slovakiya, Rossiya va Qozog‘istonda qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy etilmoqda.

O‘z navbatida, O‘zbekistonda ham koronavirus infeksiyasi, shu jumladan, uning yangi “omikron” shtammi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida 17 noyabrdan boshlab to‘liq emlangan fuqarolarni buster doza bilan ixtiyoriy emlash tartibi joriy etildi.

Qolaversa, jahondagi murakkab epidemiologik vaziyat O‘zbekiston aholisini ham ogohlikka chaqirish, fuqarolarimiz o‘rtasida ehtiyotkorlik susayib ketishining oldini olish zarurati paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Shundan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida Yangi yil arafasida mamlakatda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish va O‘zbekiston hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, epidemiologik vaziyat murakkab bo‘lgan qator davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlar parvozi cheklanadi.

Xususan, 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar JAR, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatiladi.

Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston hududiga kiritilmaydi.

 

 

Mavzuga oid

COVID-19: Mamlakatimiz xududlari bo‘ylab...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, dushanba kuni Toshkent va Nukus...

MAGATE O‘zbekistonga tashxis qo‘yuvchi t...

MAGATE O‘zbekistonga tashxis qo‘yuvchi test-tizimlar uskunalarini yetkazib beradi.

Ikkinchi reys: yana 188 nafar Rossiya fu...

Bugun, 19 mart kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi 188 nafar Rossiya fuqarosini maxsus reys bi...

So`nggi yangiliklar