Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Jamiyat

«Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda xalqaro tajriba o‘rganilmoqda


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «Indekon konsalting» (Germaniya) kompaniyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Agentlik manbasiga asoslanib.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini ishlab chiqish masalalari, hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Muloqot avvalida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishning huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash, «Indekon konsalting» vakillariga esa «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda ishchi guruhda o‘z ishtirokini tasdiqlagani uchun minnatdorlik bildirildi.

Tadbir qatnashchilariga Agentlikning joriy faoliyati, shu jumladan Davlat aktivlarini boshqarish strategiyasi va 2020-2025 yillar uchun xususiylashtirish dasturi loyihalarining ko‘rib chiqilishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, yangi qonun loyihasini ishlab chiqish bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishga katta turtki bo‘lishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi xotin-qizlarni b...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 8 mart –Xalqaro xotin-qizlar bayr...

Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar un...

Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (TOBB ETU) filial...

O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni...

Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yurtimiz aholisini...

So`nggi yangiliklar