Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2020   Jamiyat

Davlat test markazi: test sinovlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab ortga surilmoqda


TOShKENT, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga doir fikr-mulohazalar bo‘yicha rasmiy bayonotini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri markaz manbasiga asoslanib.

Bayonotda, jumladan, shunday deyiladi:

Mamlakatimizda pandemiya sharoiti murakkab kechayotgani, karantin cheklovlari bekor qilinmayotgani yoki yumshatilmagani bois oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilmoqda va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Keyingi kunlarda turli internet nashrlarida kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda, ertalab va kechki smenada o‘tkazilishi, shuningdek, aniq sanalar belgilangani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Bu borada rasman shuni ma’lumi qilamizki, ayni kunlarda Davlat test markazi tomonidan jarayonlarni avvalo test topshiruvchilar salomatligi xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil etish borasida turli variantlar o‘rganib chiqilmoqda.

Qayd etish kerak, ushbu harakatlar hali o‘rganish bosqichida bo‘lgani sababli hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shularni hisobga olib, Davlat komissiyasi ko‘rsatmasi asosida sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan birgalikda, joriy yil qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun maqbul va xavfsiz joylar tanlanib, aniq sanalar belgilangach, Davlat test markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali ishonchli xabar beriladi.

Bunga qadar abituriyentlardan turli xabarlarga e’tibor qilmasdan vaqtdan unumli foydalanishni, test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishni so‘rab qolamiz.

Mavzuga oid

Belgiyada innovatsion biznes loyihalar a...

«Innovatsion tadbirkorlik: rivojlanish muammolari va xorij tajribasi» mavzusida Belgiyada ...

O‘zbekiston va Belarus kasaba uyushmalar...

Minsk shahrida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmas...

Tokioda O‘zbekiston va Maidzuru shahri a...

Kunchiqar mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Yaponiyaning Maidzuru shahri meri...

So`nggi yangiliklar