Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Fevral/2020   Iqtisodiyot

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishda xalqaro tajriba o‘rganilmoqda


TOShKENT, 21 fevral. /«Dunyo» AA/. Joriy yil so‘ngiga qadar xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi yaratiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Davlat soliq qo‘mitasi manbasiga asoslanib.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholining barcha qatlamlarini korruptsiyaga qarshi kurashga jalb qilish zarurligi, bunda eng yaxshi mutaxassislar ishtirok etishi va xalqaro tajribani o‘rganish zarurligi qayd etilgan edi.

Shuningdek, 2020 yil 11 fevral kuni korruptsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ham mamlakatimiz Prezidenti bu borada tegishli organlar oldiga muhim vazifalar qo‘ydi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi yaratiladi.

Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston bunday deklaratsiya tizimini joriy etayotgan birinchi davlat emas. Hozirgi kunda Davlat soliq qo‘mitasi korruptsiyaga qarshi kurashishda ana shunday amaliyot joriy qilingan MDH mamlakatlari tajribasini o‘rganmoqda.

Mavzuga oid

«O‘zbekneftgaz»: gaz olish quduqlarini t...

«Janubiy O‘rtabuloq» siquv kompressor stansiyasining «Janubiy O‘rtabuloq» koni quduqlarida...

Fransiyaning «Schneider Electric» kompan...

Videokonferensiyada elektron va elektrotexnika sanoatida investitsiyaviy hamkorlikni rivoj...

Andijon, Namangan va Farg‘onada tadbirko...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligidagi mamlakat...

So`nggi yangiliklar