Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Avgust/2020   Jamiyat

Davlatimiz rahbari, Oliy Majlis palatalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Muxabbat Abidovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdilar


TOSHKENT, 18-avgust. /«Dunyo»AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis palatalari rahbarlari Tanzilla Narbayeva, Nuridinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov va Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yo‘ldoshev Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olim, Fanlar akademiyasining akademigi Muhabbat Abidovaning 17-avgust kuni 89 yoshida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«M. Abidova 1931-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1954-yili O‘rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti (hozirgi Umumiy va noorganik kimyo instituti) aspiranturasida tahsil oldi. 1958-yili nomzodlik, 1975-yili doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Iste’dodli olim 60 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti katta ilmiy xodimi, O‘rta Osiyo yoqilg‘idan foydalanish instituti katta ilmiy xodimi, O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti sektor rahbari, laboratoriya mudiri, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, mamlakatimizda ilm-fan sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.

Zahmatkash olimning kimyoviy jarayonlar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, patent va mualliflik guvohnomalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum. Uning katalizatorlar tizimi va kimyoviy jarayonlarga oid bir qator ilmiy ishlanmalari sanoat tarmoqlarida samarali qo‘llanib kelinmoqda.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Akademik M.Abidovaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Muhabbat Abidovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi».

Mavzuga oid

Adliya vaziri: biz hamkorlik qilishga ta...

Avval xabar qilganidek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchil...

Samarqand shahrida Turkiya Bosh konsulxo...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respu...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘...

Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish borasid...

So`nggi yangiliklar