Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Hamkorlik

Dehli shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi xorijiy vakolatxonasi o‘z faoliyatini boshladi

TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Dehlida Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) vakolatxonasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.


So‘nggi yillarda Tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. Xususan, TTAdan olingan maʼlumotga ko‘ra, joriy yil Akademiyaga mazkur oliy bilim yurti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan 15 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari murojaat qilgan. Ularning aksariyati Hindistonning oliy tibbiy taʼlimga ixtisoslashgan muassasalari bo‘lgan.

TTA ishchi komissiyasi puxta o‘rganish jarayonidan so‘ng hamkorlik uchun «Axis Institute of International Education» kompaniyasini tanlagan. Mazkur hind kompaniyasi dunyoning 20 ga yaqin yetakchi tibbiyot universitetlari, xususan, Varshava universiteti (Polsha), Manila universiteti (Filippin), Yaponiyaning KUDAN instituti, Gruziya universiteti, Ukraina tibbiyot institutlari va boshqalar bilan aloqalar o‘rnatgan.

Xorijiy mamlakatlardagi ushbu vakolatxona TTA tarixida birinchi bo‘lib, u Akademiyaning Hindistonda oliy tibbiy taʼlimni tashkil etish, mazkur mamlakat mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ilg‘or tibbiyot muassasalarida TTA rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va stajirovkalar uyushtirish bo‘yicha manfaatlarini himoya qiladi.

Vakolatxona faoliyati doirasida TTA talabalarining Hindistonning yetakchi tibbiyot markazlarida amaliyotini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Hindistondan taniqli o‘qituvchilarni taklif etish orqali Akademiyaning pedagogik salohiyatini rivojlantirishga maksimal darajada ko‘maklashishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Kelgusida Toshkent tibbiyot akademiyasining Janubiy Koreya, Turkiya va Polshada ham vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Kvanju va Pyontek sha...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘l...

AQSH Kongressining “Ochiq dunyo” markazi...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida...

Samarqand bilan Pusan shaharlari o‘rtasi...

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida hududlararo aloqalarni rivojlantirish rejasi d...

So`nggi yangiliklar