07/Fevral/2023 O’zbekiston dunyo nigohida
DELI, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatik missiyadan maʼlum qilishlaricha, tadbir Hindistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchilarning turmush o‘rtoqlari uyushmasi aʼzolari uchun uyushtirilgan. Ishtirokchilar ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston hunarmandlarining asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Mehmonlarga mamlakatimizning turizm salohiyati, Toshkent va Dehli o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar, dunyoning ko‘plab mamlakatlari fuqarolari uchun joriy etilgan soddalashtirilgan viza tartibi haqida so‘zlab berildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarga o‘zbek xalqining urf-odatlari va qadriyatlari, milliy anʼanalari haqida hikoya qiluvchi axborot materiallari tarqatildi.