Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Iyun/2020   Dolzarb

«Diplomatic World»: O‘zbekistonda iqtisodiy faollikni tiklash jarayonlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda


BRYUSSEL, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. «Diplomatic World» jurnalining onlayn versiyasida O‘zbekiston hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotni tubdan yaxshilashga qaratilgan ishlar to‘g‘risidagi material eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy faollikni tiklash jarayonlariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda, deb taʼkidlanadi.

Shuningdek, materialda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi tafsilotlari haqida maʼlumot berilgan. Davlatimiz rahbari viloyat vakillari bilan birgalikda yangi korxonalar va ish o‘rinlari tashkil etish choralarini muhokama qilgani taʼkidlangan.

Nashrning yozishicha, ushbu bosqichda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, mahalliy aholining salohiyatini oshirish, shuningdek soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar taqdim qilish orqali kichik biznesni rag‘batlantirish kabi vazifalar bajarilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyatida joriy yil pandemiya taʼsiriga qaramay 42 ming yangi ish o‘rni yaratish, to‘qimachilik sanoatida 13 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 74 ta loyiha amalga oshirish belgilangan. Ularni bajarish uchun 353 milliard so‘m miqdoridagi kreditlar hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 20 million dollar ajratiladi.

Mavzuga oid

Ozarbayjondan munosabat: Prezident Muro...

Xorijiy davlatlarning siyosiy, ekspert va jamoatchilik doiralari vakillari Prezident Shavk...

O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi ...

O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashning milliy rejasi ishlab chiqiladi.

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodd...

Qaror loyihasida aholini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofa...

So`nggi yangiliklar