Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Dubayda hunarmandchilik mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘koni ochiladi

 ABU-DABI, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy safar bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «Sheikh Zayed Grand Mosque» majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.  Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi amirligida bo‘lib o‘tadigan «Shayx Zoid» festivalida O‘zbekiston pavilyonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish  yuzasidan fikr almashildi.

«Precise group» kompaniyalar guruhi prezidenti L.Xoxman bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyaning esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda, «Precise group» kompaniyasiga tegishli savdo maydonida o‘zbek hunarmandchilik  mahsulotlari do‘konini tashkil etishga to‘g‘risida  kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Belgiyalik olim Qoraqalpog‘istonda akvam...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov belgiyalik olim, Gent un...

Elchixona Koreya Respublikasi bilan qutq...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari Koreya Respublikasi Milliy qutqaruv xizmat...

Britaniyalik deputat O‘zbekistondagi yan...

Elchi Said Rustamov Buyuk Britaniya parlamentining aʼzosi - hukmron konservativ partiyasi ...

So`nggi yangiliklar