Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyun/2021   Eksport

Dubaylik tadbirkorlar Farg‘ona meva-sabzavotlariga xaridor bo‘lmoqda


ABU-DABI. 15 iyun. /“Dunyo” AA/. Dubayning “Choithrams” supermarketlar tarmog‘i, "Umer Ali Trading" va "The house of organic" kompaniyalari rahbarlari Farg‘ona viloyatiga safar qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Viloyat hokimligida dubaylik ishbilarmonlar bilan uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Farg‘onada yetishtiriladigan meva va sabzavotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, Dubay supermarketlariga viloyat meva mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar viloyat dehqonlarining meva-sabzavotchilik, xususan, gilos, o‘rik, anor, olma va boshqa mevalarni yetishtirishdagi ilg‘or tajribasi bilan  tanishish maqsadida Oltiariq va Quva tumanlariga tashrif buyurdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomon vakillari istiqboldagi rejalarni kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yetishtirilgan 1,5 tonna u...

O‘zbekistonda yetishtirilgan 1,5 tonna uzum ilk marotaba Malayziga yetkazib berildi

O‘tgan yili O‘zbekiston tashqi savdo ayl...

2021 yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard ...

Joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston qovun...

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 22,1 million dollarlik 80,6 ming tonna qovun v...

So`nggi yangiliklar