Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Jamiyat

Dunyoda o‘zbek tili nufuzini oshirish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahsinga sazovor — Izzidin Benzigiba


DUBAY, 29-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Dubaydagi «Juma al-Majid» madaniyat va meros markazida markaz xodimlari hamda Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davra suhbatida ishtirokchilarga mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish va uning davlat tili sifatidagi nufuzini yana-da oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Kitob to‘plami «Juma al-Majid» madaniyat va meros markazi kutubxonasiga taqdim etildi.

— O‘zbekistonda o‘zbek tilini rivojlantirish va uning dunyodagi nufuzini oshirish sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar alohida tahsinga loyiq, — dedi «Juma al-Majid» madaniyat va meros markazi kutubxonasi bo‘lim mudiri Izzidin Benzigiba. — So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida madaniy yo‘nalishdagi hamkorlik yana-da jadallashayotganini qayd etish joiz. «Juma al-Majid» kutubxonasi o‘zbek tilidagi nashrlarni ko‘paytirish orqali Birlashgan Arab Amirliklari hududida o‘zbek tilini targ‘ib etishga ko‘maklashadi.

Taʼkidlash joiz, Bosh konsulxona tomonidan BAAda o‘zbek tili nufuzini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,  “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida «O‘zbek tili do‘stlari» nomi ostida xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari va o‘zbek tili ixlosmandlari guruhi tashkil etildi. Ushbu guruhda o‘zbek tilidagi ijodiy izlanishlar, o‘zbek adabiyoti va sheʼriyatidan namunalar muntazam berib borilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda «Bag‘rikenglik haftaligi» ...

9-16 noyabr kunlari O‘zbekistonda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan «Bag‘rikengli...

Bolalarga nisbatan odil sudlovga erishis...

Bosniya va Gersegovinaning Saraevо shahrida Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha odi...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hamda davl...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining birinchi ...

So`nggi yangiliklar