Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Jamiyat

DXX bojxona postidagi jinoiy guruhni qo‘lga oldi


TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Davlat xafsizlik xizmati bojxona postidagi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA manbasiga asoslanib.

DXX xodimlari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xitoy davlatidan Qozog‘iston orqali mamlakatimizga import tovarlarini tashish bilan shug‘ullanuvchi avtofura haydovchilarining Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona posti orqali o‘tishi jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib, ulardan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoiy guruh soxta hujjatlar yordamida tovar-moddiy boyliklar importi bilan ham shug‘ullangangi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh aʼzolariga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 6 ta manzilda tintuv tergov harakatlari amalga oshirildi. Natijada, ulardan 410 ming AQSH dollari, turli ko‘rinishdagi 21 dona soxta muhr va shtamplar, kompyuter texnikasi hamda bojxonaga oid shubhali hujjatlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning ikki nafar yetakchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, tergov harakatlari doirasida guruh faoliyatiga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

Yevroosiyo guruhining 33-yalpi majlisi v...

Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘...

Tanzila Norboyeva: “Tor doiradagi shaxsl...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ish...

Konfessiyalar kengashi yig‘ilishida yang...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Konf...

So`nggi yangiliklar