21/Yanvar/2022 O'zbekistonning ShHTga raisligi
TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. 20-21 yanvar kunlari O‘zbekiston raisligida videokonferensiya aloqasi vositasida SHHT a’zo davlatlarining ishbilarmon doiralari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi loyihasini kelishish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Yig‘ilish Tashkilotga a’zo davlatlarning sanoat va sanoat kooperatsiyasi rivojlanishiga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida o‘tdi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ekspertlar Dastur loyihasini kelishib oldilar hamda uni SHHT a’zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida (Toshkent, 2022 yil 25-28 yanvar) ko‘rib chiqish uchun kiritishga kelishib oldilar.
Hujjatni ishlab chiqish tashabbusi 2020 yili SHHTning Moskva sammitida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi.