Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Yanvar/2021   Media

«El Mundo Financiero»: O‘zbekistonni istiqbolda keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar kutmoqda


MADRID, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. Ispan tilidagi eng yirik «El Mundo Financiero» onlayn-nashri O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mohiyatan mamlakatning 2021 yilga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturi bo‘lgani haqida so‘z yuritilgan.

Nashr dunyoda hukm surib turgan bugungi murakkab sharoitda O‘zbekistonda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, aholining ehtiyojmand qatlamlari va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa etib belgilanganini taʼkidlagan.

“Prezident 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb eʼlon qildi, - deyiladi maqolada. – 2021 yil keng ko‘lamli islohotlar davri bo‘lib, ular “Yangi O‘zbekiston maktabdan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” shiori ostida amalga oshiriladi”. Davlat rahbari taʼlim tizimini isloh qilish, uning xilma-xilligi va uzluksizligini taʼminlash zarurligini qayta-qayta taʼkidlagani maʼlum qilingan.

Mualliflarning fikricha, O‘zbekiston kelajagi, uning istiqboldagi taraqqiyoti, muvaffaqiyati va farovonligi yosh avlod bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois yigit-qizlarning jismoniy va maʼnaviy salomatligi davlat uchun ustuvor ahamiyata ega.

“Mamlakat aholisi salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimining ishonchli moddiy bazasini yaratish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, yuqori sifatli tibbiy dori-darmonlar bilan taʼminlash O‘zbekiston rahbariyati tomonidan hozirgi sharoitda birlamchi vazifalar sifatida qaralmoqda”, - deb yozadi “El Mundo Financiero”.

Onlayn-nashr 2021 yil O‘zbekiston mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘lishini taʼkidlagan. O‘tgan davr mobaynida respublika xalqaro ko‘lamda munosib o‘rin egallab, o‘z mavqeini mustahkamladi.

Maqolada O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini takomillashtirish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, chet davlatlar bilan serqirra va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mamlakat manfaatlaridan kelib chiqqan holda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish O‘zbekiston oldida turgan ustuvor vazifalar ekani qayd etilgan.

O‘zbekistonni istiqbolda keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar kutmoqda. Zero, belgilangan vazifalarni to‘la-to‘kis amalga oshirish orqaligina mamlakat va jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirish, yosh avlod uchun farovon va barqaror kelajak barpo etish mumkin, deb yozadi nashr.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning boy merosi Hindiston mat...

Hindistonning sayyohlik sohasiga ixtisoslashgan ommabop “Travel Links” jurnalida mamlakati...

O‘zbekiston elchisi qalamiga mansub maqo...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidovning Xitoyning yetakchi xitoy, ingliz va...

«Berlin Economics» tadqiqot guruhi: Xalq...

Germaniyaning nufuzli «Berlin Economics» iqtisodiy tahlil guruhi veb-sahifasida O‘zbekisto...

So`nggi yangiliklar