Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Media

Elchi Dilyor Hakimov: Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi


BRYUSSЕL, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Belgiyaning «Travel Tomorrow» axborot portalida O‘zbekistonning Beniluks davlatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilyor Hakimovning «Nega Samarqand YUNVTO 25-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilishga munosib» sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Maqolada zamonaviy turizm Makkasi bo‘lgan Samarqand 2023 yilda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qilishi ma’lum qilingan.

«Samarqandda sayyohlar nafaqat hordiq chiqarishi, tabiatdan bahra olishi, me’moriy yodgorliklar, urf-odatlar va madaniyat an’analari bilan tanishishi, balki xilma-xil milliy taomlarning jilosi va ta’mini his etishi mumkin, - deya qayd etadi elchi. – Shaharning tarixiy me’moriy yodgorliklari bugungacha saqlanib qolgan va ular Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy sayyohlik maskanlari hisoblanadi”.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Samarqand xalqaro aeroportini to‘liq zamonaviylashtirish, yangi yo‘lovchi terminali, uchish-qo‘nish yo‘lagi va boshqa ob’ektlarni qurish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Samarqandda eng yirik sayyohlik forumining o‘tkazilishi milliy turizm sohasini yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, sayyohlik xizmatlari eksportini oshirish, shuningdek, mamlakatning global sayyohlik yo‘nalishi va mintaqadagi turizm sohasining yetakchi ishtirkochisi sifatidagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz”, - deya o‘z so‘ziga yakun yasagan O‘zbekiston elchisi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi AQSHning ommabop haf...

AQSHning ommabop “Newsweek” haftalik jurnalining 4 fevral sonida mamlakatimizning AQSHdagi...

IHT: O‘zbekiston zargarlik san’ati ajdod...

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) qoshidagi Madaniyat institutining «ECO Heritage» jurn...

«The Korea Post»: “Prezident Shavkat Mir...

Janubiy Koreyaning eng ommabop nashri hisoblangan «The Korea Post» jurnali O‘zbekiston Res...

So`nggi yangiliklar