Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   "Dunyo" AA reportaji

Elchi Zeavit Ben Xilel: Toshkentda o‘rnatilgan yodgorlik o‘zbek xalqining bag‘rikengligi va yuksak insonparvarligini o‘zida mujassam etgan

TOSHKENT, 28-may. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida yahudiylarga  insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan o‘zbek xalqiga minnatdorlik belgisi sifatida o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri muxbiri.


Isroil elchisi Zeavit Ben Xilel tantanali ochilish marosimidagi  nutqida ushbu yodgorlik o‘zbek xalqining feʼl-atvori, bag‘rikengligi va eng yuksak insonparvarligini o‘zida mujassam etganini taʼkidladi. «Mazkur yodgorlik kelajak avlodlarga tarix saboqlarini yodda tutish, tinchlikni asrab-avaylash, asrlar davomida avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan do‘stlik aloqalarini qadrlash, o‘zbek va yahudiy xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga chaqiradi», dedi  diplomat.

Tadbirda Mudofaa vazirining maslahatchisi, «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi rahbari, polkovnik Shuhrat Yusupov, “O‘zbekiston–Isroil” do‘stlik jamiyati raisi Saidahror G‘ulomov,  Davlat arxivi direktori Ulug‘bek Yusupov va Quddus universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo yahudiylarini o‘rganish markazi rahbari, professor  Levin Zeyev  so‘zga chiqdi.

Yodgorlik poyida o‘zbek, rus, ingliz va yahudiy tillarida qo‘yidagi so‘zlar yozilgan.

«1941 yildan 1942 yilgacha urushning og‘ir va ocharchilik  davrida O‘zbekistonga bir yarim milliondan ortiq qochqinlar va evakuatsiya qilinganlar olib kelindi. Ular orasida bir necha yuz ming yordamga muhtoj yahudiy qochqinlari bo‘lgan. Nonini baham ko‘rgan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tufayli qochqinlar bu yerda boshpana  topgan. Yahudiy xalqi va Isroil davlati  buni minnatdorlik bilan xotirlaydi va qadrlaydi».

Mavzuga oid

Yevropa mamlakatlari diplomatiya missiya...

“Dunyo” AA muxbiri Anvar Ilyosov mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan Yevropa mamlakatl...

Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftali...

Kecha Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftaligi-2022 tadbirlarining tantanali ochilish ma...

Taxiatosh IESdan atmosferaga chiqadigan...

Bugun O‘zbekiston energetika vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh issiqlik e...

So`nggi yangiliklar