Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Vatandoshlarimiz

Elchixona “Oltin daftar”iga kiritilgan vatandoshlarning yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi


SEUL, 4 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasida “Oltin daftar”ga kiritilgan vatandoshlarimiz, xususan, Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan tadbirkor yurtdoshlarimizning mamlakatimizda amalga oshiradigan investitsiya loyihalari ijrosini jadallashtirish va qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona tomonidan videoaloqa shaklida tashkil etilgan mazkur muloqotda Tashqi ishlar vazirligi, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boshqarmalari mutaxassislari ishtirok etdi. Ushbu tadbir Koreya Respublikasida mehnat faoliyati va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan, shuningdek, tahsil olayotgan yurtdoshlarimizning mamlakatimizda amalga oshirmoqchi bo‘lgan investitsiya loyihalari ijrosini jadallashtirish bo‘yicha elchixona, vazirlik va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Videomuloqot avvalida Koreya Respublikasidagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikni jadallashtirish maqsadida elchixona tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. Jumladan, elchixona vakillari ko‘plab vatandoshlarimiz istiqomat qiladigan qator shaharlarda bo‘lib, yurtdoshlarimizning mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid takliflarini o‘rganib chiqishgani qayd etildi.

Muloqot davomida yurtdoshlarimiz mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, xizmat ko‘rsatish, savdo, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashganligi maʼlum qilindi.

Hozirgi paytda yuqorida qayd etilgan o‘rganishlar natijasida Samarqand viloyatida umumiy sarmoya qiymati 2,5 million dollardan ziyod bo‘lgan 16 ta, Surxondaryo viloyatida 1,7 million dollarga teng 11 ta va Toshkent viloyatida 3,4 million dollar miqdoridagi 15 ta loyiha takliflari shakllantirilgani holda elchixonaning “Oltin daftar”iga kiritilgan. Joylarda ushbu loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash va amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida elchixona tomonidan vazirliklar, viloyat hokimliklari va vatandoshlar o‘rtasida muntazam ravishda videoaloqa shaklidagi muloqotlar tashkil etilmoqda.

Muloqot chog‘ida yurtdoshlarimiz tomonidan taklif etilayotgan ushbu investitsiya loyihalari mamlakatimizning, jumladan, mazkur hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy ravnaqiga, yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi hisobidan aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Muhokamalar natijasi o‘laroq, “Oltin daftar”ga kiritilgan  vatandoshlarning yurtimizdagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan taklif etilgan biznes rejalarni joylarda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan tomonlar o‘rtasida aniq chora-tadbirlar hamda bunga masʼul bo‘lgan mutasaddilar belgilab olindi. Bu bilan bog‘liq ishlar ijrosi o‘z vaqtida va samarali taʼminlanishi uchun elchixona, mahalliy hokimiyatlar, vazirliklar va tadbirkor yurtdoshlarimiz ishtirokidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Turkiyada qiyin ahvolga tushib qolgan va...

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi h...

Ukrainadagi vatandoshlar bilan videomulo...

Mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstit...

Janubiy Koreyaning Kimxe shahrida vatand...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan Janubiy Koreyaning Kimxe shahrida Bandlik v...

So`nggi yangiliklar