Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Dekabr/2020   testIlm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida memorandumi imzolandi


TOSHKENT, 22-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Memorandum O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov va Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri Yong Chin tomonidan imzolandi.
Ikki vazirlik o‘rtasida Seul shahrida 2017 yil 22 noyabr kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumi ham imzolangan.

Ekspertlar guruhi bilan birgalikda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan barcha ustuvor loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishini inobatga olingan holda mazkur Anglashuv memorandumi yuqorida keltirilgan memorandumga qo‘shimcha sifatida qabul qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axbaorot xizmatiga ko‘ra, hujjatda Janubiy Koreya ekspertlari bilan hamkorlikda, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida ustuvor loyihalar va dasturlar ishlab chiqish, elektron hukumatni rivojlantirish rejasini birgalikda tashkil etish bilan bog‘liq konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, elektron hukumat sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish to‘g‘risida axborot almashish, kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida umumjaxon reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallayotgan Koreya Respublikasi bilan hamkorlik, shubhasiz, yurtimiz uchun ijobiy samara ko‘rsatadi va yetakchi davlatning tajribasidan kelib chiqib ushbu yo‘nalishlarda loyihalarni samarali amalga oshirishga zamin yaratadi.

Mavzuga oid

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va din...

Bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Preziden...

JIDUda Janubiy Koreya bilan “ikki tomonl...

Uchrashuvda JIDU prorektori, professor Saidmuxtor Saidqosimov, Aju universiteti maslahatch...

Oʼzbekiston iqtisodiyotining raqamlashti...

Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Ilm, maʼrifat va raqamli iqti...

So`nggi yangiliklar