Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Dekabr/2020   Media

Eron matbuoti: “Yangi O‘zbekiston” iborasi xalqaro maydonda real ijtimoiy hodisa sifatida eʼtirof etilmoqda


TEHRON, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligi munosabati bilan  Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz xalqiga yo‘llagan bayram tabrigi matni Eronning “Saat24News” va “ITNA News” axborot agentliklari, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Madaniyat instituti veb-sahifalarida keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-nashrlarda O‘zbekiston rahbari bayram tabrigida Asosiy Qonunning qoida va tamoyillaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda to‘rt yil oldin Harakatlar strategiyasi qabul qilingani, mamlakatda keng ko‘lamli va shiddatli demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlangani aytilgan.

Eron ommaviy axborot vositalari “Yangi O‘zbekiston” iborasi xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa sifatida eʼtirof etilayotganiga alohida urg‘u bergan.

Ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot sport sohalarini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning isteʼdod va qobiliyatini ruyobga chiqarish borasida ko‘p ishlar amalga oshirilayotgani va bularning barchasi O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” – milliy taraqqiyotning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qilishiga oid fikrlar bayon qilingan.

Shuningdek, maqolalarda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil sentyabr oyida BMT Bosh  Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan qator global va mintaqaviy tashabbuslari hamda amaliy takliflari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning mintaqalararo aloqalarni...

Pokistonning yetakchi nashrlaridan biri - «Pakistan Observer» gazetasi va uning veb-sahifa...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston - Mark...

urkiyadagi “EkoHaber” gazetasining bugungi sonida «Yaxshi qo‘shnichilikda O‘zbekiston mode...

O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi Mis...

Joriy yil 15-18 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan an’anaviy «O‘zbekiston madaniy meros...

So`nggi yangiliklar