Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Erondagi vatandosh: Bosh qomusimizga o‘zgartirishlar kiritish - zamon talabi

TEHRON, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) kotibiyatining turizm departamenti direktori, vatandoshimiz Jasur Rajabov O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish jarayoni yuzasidan o‘zining fikr-mulohazalarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-Har bir davlat taraqqiyotining maʼlum bir bosqichida Bosh qomusini zamon talabi va xalq ehtiyojidan kelib chiqib o‘zgartirishi yoki unga qo‘shimchalar kiritishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarning Konstitutsiyalari ham xalq irodasi va talabi bilan bir necha bor o‘zgargan, - dedi u.- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi hamda har bir sohaga yangicha yondashuv va yangicha ruh olib kirmoqda. Shu maʼnoda Bosh qomusimizga o‘zgartirish kiritish zamon talabi deb o‘ylayman va mazkur tashabbusni qo‘llab quvvatlayman.

Matbuotda eʼlon qilingan takliflarni ko‘rib chiqar ekanman, huquqshunos bo‘lganim tufayli bir taklif eʼtiborimni tortdi. Unga binoan, O‘zbekistonning saylov huquqiga ega bo‘lgan, 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari qonunchilikka oid takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli. Ushbu taklif, basharti qabul qilingan taqdirda, shubhasiz fuqarolarimizning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytiradi hamda jamiyat talab va ehtiyojlariga javob beradigan xalqchil qonunlar qabul qilinishiga ko‘maklashadi, deb o‘ylayman. Bundan tashqari mazkur tashabbus jamiyatda  huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Yana bir narsa, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston barcha davlatlar, xususan, yaqin qo‘shnilarimiz bilan aloqalarda tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritishi yangi norma sifatida kiritilmoqda. Bu esa Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va butun dunyo hamjamiyati tomonidan iliq kutib olingan tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini Bosh qomusimizda yana bir bor mustahkamlab qo‘yadi.

Tashqi siyosat to‘g‘risidagi moddaga kiritilayotgan qo‘shimcha, yaʼni davlat tashqi siyosatni yuritishda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi kabi umumeʼtirof etilgan tamoyillarga asoslanishi  bugungi shiddatli, tez o‘zgaruvchan davrda juda muhim hisoblanadi.

Mavzuga oid

Avstriyadagi vatandosh: Konstitutsiyaviy...

Vena davlat universiteti magistranti Ramilya Ro‘zi Mamati “Dunyo” AA uchun intervyusida K...

Singapurdagi vatandosh: O‘zbekiston Kons...

Singapur shahridagi “Capella” mehmonxonasi ish boshqaruvchisi Bekzod Ikromov mamlakatimizd...

Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes-assots...

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari «Janubiy...

So`nggi yangiliklar