Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Erondagi vatandoshlar ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

TEHRON, 24 iyul. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 21 iyul kuni mamlakatimizning Erondagi elchixonasida shu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va vatandoshlar ishtirokida videokonferensaloqa shaklida muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir ishtirokchilariga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida ilgari surilayotgan yangi normalarning mazmun-mohiyati va ularning yurtimiz kelajagi uchun ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

         Shuningdek, vatandoshlarga konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan yana-da rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahakamlash, “inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalda qaror toptirishga qaratilgani taʼkidlandi.

         Milliy qonunichilikka ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritish vakolatiga ega ekani, lekin Prezidentimiz Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqish hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishini taklif etgani alohida qayd etildi.

         Muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani hamda ushbu jarayonda fuqarolar taklif etilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar bo‘yicha o‘z fikrini erkin bildirish imkoniyatiga ega ekanligi taʼkidlandi.   

         O‘z navbatida, vatandoshlarimiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, dunyodagi ilg‘or konstitutsiyaviy amaliyotni joriy etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va qarashlarini bildirdi.

Mavzuga oid

Ispaniyaning yetakchi axborot agenligida...

«El Mundo Financiero» yetakchi xalqaro onlayn-nashrida O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islo...

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohot...

Ispaniyaning «El Mundo Financiero» xalqaro onlayn nashri sahifasida Inson huquqlari bo‘yic...

Sankt-Peterburgdagi vatandosh-migrantlar...

Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona xodimlariushbu shahardagi «Izzat» qog...

So`nggi yangiliklar