Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Dolzarb

Erondan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining barcha tashabbuslari hayotimizni yanada obod qilish, mintaqa mamlakatlari va qardosh xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda


TEHRON, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Eronning «Mahad» savdo va investisiya kompaniyasi rahbari Suleymon Xivechi «Dunyo» AA bergan interv'yusida Prezident Shavkat Mirziyoevning IHTga a'zo davlatlar rahbarlarining 14-sammitidagi nutqini katta qiziqish bilan kuzatganini ta'kidladi.

- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqaro va mintaqaviy tadbirlar, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar doirasidagi mazmunli va konstruktiv nutqlari bilan muntazam tanishib boraman, - dedi S.Xivechi. – IHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni o‘rganib, O‘zbekiston Prezidenti chiqishlarida yaratuvchanlik va yangiliklarga intilish yaxshi an'anaga aylanganiga yana bir bor ishonch hosil qildim.

O‘zbekiston rahbarining mintaqaviy yoki xalqaro mazmunga ega barcha tashabbuslari va murojaatlari har doim ijobiy kutib olinmoqda, xalqaro jamoatchilik tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning sababi shundaki, Prezident Shavkat Mirziyoevning barcha takliflari mintaqamizdagi qardosh xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish va hayotimizni yanada obod qilishga qaratilgan.

Xususan, ayni paytdagi koronavirus tufayli sinovli davrni boshdan kechirayotgan tadbirkor sifatida men O‘zbekiston rahbarining mintaqada transport yo‘laklarini ishga tushirish tashabbusining dolzarbligini alohida ta'kidlamoqchiman. Bu davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni tiklashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Xitoy nashri O‘zbekistonning xalqaro ham...

Unda mamlakatimizda Gruziyaning eng yirik moliyaviy muassasalaridan biri – “TVS” (Tbilisi ...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida v...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Janubiy Koreyada vaqtincha bo‘lib turgan bir guruh...

Shavkat Mirziyoyev: suv toshqini biz uch...

Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga ...

So`nggi yangiliklar