Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Dolzarb

Erondan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi


TEHRON, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Eronning nufuzli “Iran Daily” gazetasi muxbiri Muhammadrez Ahmadlu “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:

– Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi va Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar asosida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar izchil rivojlanib borayotgani quvonarlidir.

Bu Qozog‘iston bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini yaqqol namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda ikki davlat hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichida bo‘lib, strategik sheriklikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo mintaqasi salohiyatini oshirishga qaratilgan aloqalarni har tomonlama faollashtirish bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, ikki mamlakat xalqlariga, birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan ham katta foyda keltirishi shubhasiz.

Ishonchim komilki, ushbu tashrif doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar, yirik savdo va sarmoyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga oid kelishuvlar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham katta ahamiyatga ega.

Mavzuga oid

“Van de Vil” kompaniyasi direktori: Sama...

“O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ benefitsiariga aylangani to‘g‘risidagi xabar bizni ...

Malayziya elchisi Xendi Assan: Malayziya...

Malayziya elchisi Xendi Assan “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyuda BMT Bosh assam...

Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muhrid...

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv nihoyasiga yetganidan so‘ng Markaziy va Janubiy Osi...

So`nggi yangiliklar