Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Dolzarb

Erondan munosabat: O‘zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb masalalardir


TEHRON, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Eron ijtimoiy-siyosiy doiralari o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ingliz tilida chop etiladigan «Iran News» gazetasining siyosiy sharhlovchisi Fareddun Taherpur shu haqdagi fikrlarini o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekiston Prezidenti xalqaro hamjamiyatga mintaqaviy va global  kun tartibidagi dolzarb masalalar haqidagi qarashlarini taqdim etishi barobarida BMTning zamonaviy tahdid va muammolarga qarshi kurashdagi roli, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun amalga oshirilgan chuqur demokratik islohotlarning mohiyatini ham ochib berganini qayd etdi.

Jurnalistning qayd etishicha, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror rivojlanishni taʼminlash, mintaqada va jahon miqyosida muloqotni chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, ekologik tanazzul va bioxilma-xillik, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy muammolarga qarshi kurash kabi qator muhim tashabbuslar bugungi kunda butun xalqaro hamjamiyat uchun dolzarb mavzu ekanligi shubhasizdir.

«O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro tushunish va hurmat, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik, shuningdek, qo‘shni va yaqin mintaqalar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi siyosiy muhitini yana-da mustahkamlash uchun mamlakatning asosiy tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini eʼlon qildi, - dedi Fareddun Taherpur. - O‘zbekiston yetakchisining tashabbusi bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasining qabul qilinishi, shubhasiz, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun har tomonlama yo‘l xaritasiga aylanadi».

Mavzuga oid

BMT qarorgohida o‘tkazilgan uchrashuvda...

BMT qarorgohida Turkmanistonning BMTdagi missiyasi tomonidan «Tinchlik, xavfsizlik va tara...

Fransiyalik ekspert: Toshkent anjumani q...

Katta Parij barqaror sarmoyalar alyansi prezidenti (Grand Paris Alliance) Nikolya Bushu “...

O‘zbekiston-Pokiston: mintaqaviy o‘zaro ...

Kecha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan ...

So`nggi yangiliklar