Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Erondan munosabat: Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya jamg‘armasining tashkil etilishi qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga xizmat qiladi

TEHRON, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Eronlik investor, «AMS Industrial Group» raisi, Eron Yoshlar savdo-sanoat palatasi aʼzosi Bexnom Fatxixallaj “Dunyo” AA uchun intervyusida O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlarini izohladi.


-Tashrif doirasidagi ikki tomonlama tadbirlarning boy dasturi Vengriya Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy davlat sifatida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlashdan manfaatdor ekanidan dalolat beradi, - dedi eronlik investor. - O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi besh yilda 3 barobar oshgani ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlik faollashganining yaqqol ko‘rsatkichidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyadagi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini bir necha karra oshirish va iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga qo‘shimcha turtki beradi.

Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, elektronika va elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm sanoati, avtomobilsozlik kabi sohalarda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va bu sohalarni yana-da rivojlantirish uchun xorijiy investorlarni jalb etishda yangi imkoniyatlar ochadi.

Shuningdek, yaqin istiqbolda ishga tushiriladigan O‘zbekiston-Vengriya ustuvor loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma jamg‘arma tashkil etish g‘oyasi juda muhim. Bu, shubhasiz, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishni faollashtirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Vengriyadan munosabat: Vengriya Bosh vaz...

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi ikki mamlakat ekspertl...

Kuvaytdan munosabat: Osiyo vektori O‘zbe...

Kuvayt universiteti professori Muhammad al-Filiy “Dunyo” AA muxbiriga O‘zbekiston-Pokiston...

Tahlil tadbirkorlarning eng dolzarb muam...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu soha...

So`nggi yangiliklar