Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Dekabr/2021   Dolzarb

Eronlik ekspert O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati haqidagi fikrlarini bildirdi

TЕHRON, 23-dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati hamda mamlakatimizda yaratilgan xalq bilan doimiy muloqot tizimi to‘g‘risida eronlik siyosiy sharhlovchi, Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mutaxasis Umid Rahimiy “Dunyo” axborot agentligiga o‘zining quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:


– O‘zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim bir tashabbusning guvohi bo‘ldikki, mazkur tashabbus mevasi o‘laroq mamlakatda Prezident virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalari nomi ostidagi markazlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu amalga oshirilgan tashabbus natijasida esa xalq va hukumat o‘rtasidagi bevosita va yuqori samaraga ega o‘ziga xos bir doimiy muloqot tizimini shakllanganini ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu amalga oshirilgan tashabbus hukumat uchun ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning eng asosiy jihatlaridan biri esa, bu davlat va hukumat faoliyatidagi turli murakkabliklar, byurokratik to‘siqlar va ortiqcha sarf-harajatlarni bartaraf etilishidir.

Umuman olganda, siyosiy nuqtai nazardan davlat tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, milliy davlatchilik to‘rtta asosiy muhim qismdan tashkil topadi. Bular – xalq, hudud, hukumat va hokimiyatdir.

O‘zingizga ma’lumki, hudud tushunchasini biz zamin, hududiy yaxlitlik, davlat chegaralari va shu kabi boshqa atamalar bilan umumiy ta’riflashimiz mumkin.

Biroq xalq, hukumat va hokimiyat tushunchalari va ular o‘rtasidagi aloqalar juda murakkab va chuqur munosabatlar hisoblanadi. Tabiiyki, ushbu munosabatlar mustahkamlanib borgani sari, milliy davlatchilik ham takomillashib boradi. O‘zgacha ta’bir bilan aytadigan bo‘lsak, har bir davlatning legitimligi uning hukumati tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borayotgan chora-tadbirlari orqali mustahkamlanib boradi.

Qabulxonalar uslubidagi munosabatlarning mustahkamlanishi esa xalq, hukumat va hokimiyat o‘rtasidagi uzviy aloqani yuzaga keltiradi. Va, albatta, O‘zbekistondagi bu ko‘rinishdagi aloqalarni yo‘lga qo‘yilishi va uning rivojlanib borishi asnosida biz O‘zbekiston hukumati legitimligining yanada mustahkamlanayotgani va aynan ushbu jihatdan tobora yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Shu o‘rinda, mazkur mavzu bilan chambarchas bog‘liq hisoblangan yana bir masala – fuqarolik huquqlarini mustahkamlash masalasini ham esdan chiqarmasligimiz zarur. Ya’ni fuqarolar o‘z hukumatlari oldida huquq va majburiyatlarga egadir hamda hukumatlar ham o‘z fuqarolari oldida qator huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi.

Ba’zi davlatlar misolida biz ushbu ikki tomonlama munosabatlarga qat’iy rioya etilmasligi va uning natijasida hukumatlar faoliyatida turli muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi holatlariga guvoh bo‘lamiz.

Ma’lumki, inson huquqlari va shu kabi qator muhim sohalardagi ko‘plab muammolar ham aynan davlatlar va ularning fuqarolari o‘rtasidagi tegishli munosabatlarni yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida kelib chiqadi.

O‘zbekiston misolida aytadigan bo‘lsak, davlatingizda bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarorlari rahbariyatning o‘z xalqi bilan bevosita aloqalarini yanada mustahkamlashga qat’iy bel bog‘laganidan darak beradi. Va ushbu tizimning kelajakda yanada rivojlanib borishi xalq orasidagi rahbariyatga nisbatan “ijtimoiy ishonch”ni mustahkamlab boradi. Natijada, rahbariyat uchun muhim va qimmatli hisoblangan yirik “ijtimoiy sarmoya”ning shakllanishiga va taraqqiy topishiga sabab bo‘ladi.

O‘zingizga ma’lumki, “ijtimoiy sarmoya” istalgan davlat uchun eng yuqori qiymatga ega bo‘lgan sarmoyalardan biri hisoblanadi. Uni shakllanishi uchun esa uzoq muddat, katta kuch talab etiladi va ushbu omil hukumatning ham siyosat, ham iqtisod sohasidagi samarali faoliyati juda uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston rahbariyati samarali yo‘lga qo‘ygan ushbu muloqot tizimidan kelgusida o‘z davlatchiligidagi shaffoflikni yanada kuchaytirish va jamiyatdagi turli illatlarni kamaytirishga qaratilgan ko‘plab yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirishiga ishonamiz.

Mavzuga oid

Malayziyadan qutlov: O‘zbekistonlik do‘s...

Jonajon o‘lkamizga xalqimizning ko‘hna va ardoqli bayrami, fasllar kelinchagi – bahorning ...

Misrdan munosabat: O‘zbekiston rahbarini...

“Xivar” (Qohira) siyosiy va axborot tadqiqotlari markazi direktori Ahmad Tohir

Janubiy Koreyadan munosabat: O‘zbekiston...

Janubiy Koreya ekspert doiralari vakillari Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davla...

So`nggi yangiliklar