Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Noyabr/2020   Bilasizmi?...

Eronlik navoiyshunos “Chet ellik mutaxassis darslari” loyihasida mashg‘ulotlar o‘tmoqda


TEHRON, 22 noyabr. /“Dunyo” AA/. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mazkur oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Chet ellik mutaxassis darslari” onlayn-loyihasini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur loyihada taniqli eronlik mutaxassis, Alisher Navoiy ijodiy merosi tadqiqotchisi, O‘zbekistonning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni sohibi, professor Muhammadzoda Husayn Siddig ham ishtirok etmoqda.

Uning o‘quv kurslari har hafta seshanba va payshanba kunlari (joriy yil 17 noyabr kunidan boshlab) “Turkiy va fors adabiyotlarining bir-biriga ta’siri” mavzusida onlayn shaklda o‘tkazilmoqda. Birinchi bosqichda oltita mashg‘ulot o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Chet ellik mutaxassislar ishtirokidagi mazkur o‘quv uslubi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgach, universitet kelasi yildan boshlab maxsus onlayn platformada muntazam tarzda bunday o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

Eronlik navoiyshunos “Chet ellik mutaxas...

Mazkur loyihada taniqli eronlik mutaxassis, Alisher Navoiy ijodiy merosi tadqiqotchisi, O‘...

So`nggi yangiliklar