Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Parlament

Ertaga Buxoroda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Ertaga Buxoroda O‘zbekiston hukumati, Oliy Majlis,  BMT vakolatxonasi va boshqa qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik» masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu forumda Yevropa parlamenti, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bolgariya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Eron, Italiya, Yaponiya, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston parlamentlari hamda YEXHT Parlamentlararo ittifoqi, Turkiy kengash Parlamentlararo Assambleyasi kabi yirik xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Muhokamalarga ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari va jamoat arboblari ham taklif etilgan. Xalqaro anjuman  milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritiladi.

Tashkilotchilar taqdim etgan maʼlumotlarda qayd etilishicha, forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, bu boradagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, parlament nazorati mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) samarali bajarilishini taʼminlash, BRM amalga oshirish uchun faoliyatni moliyalashtirish masalalari, ularning statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish, bu jarayonlarda fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik ishtiroki, parlament nazorati, monitoring va baholash ahamiyati, barqaror rivojlanish yo‘lidagi xalqaro muloqot va jahon parlamentlari o‘rtasidagi global hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Forum yakunlari bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik to‘g‘risidagi Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeX...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kech...

YEXHT DIIHB EBH ekspertlari delegatsiyas...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev YEXHT Demo...

Senat raisi “Mo‘'tabar ayol” ko‘krak nis...

Joriy yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi aka...

So`nggi yangiliklar