Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2021   Siyosat

Ertaga Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun 2030” sammiti boshlanadi


SEUL, 29-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 30-31 may kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida onlayn shaklda «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik-2030» (Partnering for Green Growth and the Global Goals 2030 - P4G) Ikkinchi xalqaro sammiti o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu xalqaro tadbirda 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda xalqaro tashkilot yetakchilarining ishtirok etishi kutilmoqda.

P4G sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirok etishi va nutq so‘zlashi ham rejalashtirilgan.

Sammit joriy yilda Koreya Respublikasi tashqi siyosatidagi muhim voqea sifatida baholanmoqda. Uni o‘tkazishdan maqsad - 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga P4Gga aʼzo mamlakatlarning davlat-xususiy hamkorligi orqali erishishdan iborat. P4G sammiti “Uglerod neytralligi tomon inklyuziv atrof-muhitni tiklash” shiori ostida Janubiy Koreyada o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro ekologik sammit hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu tadbirga joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT 26-konferensiyasining muvaffaqiyatli o‘tishida o‘ziga xos qadam sifatida qaralmoqda.

Sammit yakunlari bo‘yicha Seul deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Qayd etish kerak, “Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik-2030” sammiti har ikki yilda o‘tkaziladi. Birinchi sammit 2018 yil oktyabr oyida Kopengagen shahrida uyushtirilgan edi. Ikkinchi sammit 2020 yil iyun oyida Seulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga qoldirilgan edi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Xitoy Tashqi siyosat idor...

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari suhbat chog‘ida ko‘p tomonlama O‘zbekiston – Xitoy str...

Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnoma...

Malayziya vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis...

Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqaror...

Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora...

So`nggi yangiliklar