24/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
TOSHKENT, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar «ֿO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu mening Konstitutsiyam telegram kanali maʼlumotiga ko‘ra, qarorda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 25 iyun kuni umumxalq muhokamasi uchun «Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasida eʼlon qilinishi belgilandi.
Qarorga muvofiq, umumxalq muhokamasi 25 iyundan 5 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumga qo‘yilishi maʼlumot uchun qabul qilindi.