Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Yanvar/2022   Dolzarb

Ertaga Qozog‘iston shaharlariga muntazam aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yiladi

 TOSHKENT, 14 yanvar. /“Dunyo” AA/. Ertaga, 15 yanvardan boshlab «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Toshkent-Olma-ota-Toshkent, Samarqand-Olma-ota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Olma-ota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08.00 dan 21.00 gacha (Olma-ota vaqti bilan) qabul qiladi. Shu  munosabat bilan Toshkent-Olma-ota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16 yanvar kuni bekor qilinadi, mazkur parvoz yo‘lovchilari 17 yanvar kuni Toshkent-Olma-ota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi. 

Olma-ota, Aktobe va Oqtov shaharlariga bekor qilingan (2022 yil 7-13 yanvar kunlari) qatnovlar yo‘lovchilari aviachiptaning to‘liq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, Qozog‘istonga safar qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0 havolasi orqali ushbu mamlakatga kirish qoidalari bilan tanishishi mumkin, deyiladi manbada.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vaz...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2020-yil 22-aprel kuni Ros...

Tailanddan munosabat: O‘zbekistonning Ye...

Tailand savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, «Sri Thai Superware Co., Ltd.» kompaniyas...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlat ra...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari o‘rtasida kecha bo‘lib o‘tgan onlayn-sammit do...

So`nggi yangiliklar