Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Dekabr/2020   Sport

Ertaga yilning eng yirik sport musobaqasi – II Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi


TOShKENT, 5 dekabr. /«Dunyo» AA/. Ertaga, 6 dekabr kuni II Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu sport tadbiri «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlab 22 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab shu yilning dekabr oyiga ko‘chirildi.

Yugurishning boshlanish nuqtasi – Afrosiyob ko‘chasida, «Humo Arena» muz saroyi yonida. Ishtirokchilar soat 10:00 ga taklif qilinadi, marafonga esa soat 11:00 da start beriladi.

Bu safargi musobaqada ishtirokchilar taklif etilgan uchta masofadan birini tanlashi mumkin: 42 195 metr (to‘liq marafon) va 21 097,5 metr (yarim marafon) – oflayn rejimda, 3 000 metr – onlayn rejimda bo‘lib o‘tadi.

Marafon va yarimmarafon trassasi AIMS Xalqaro marafon va yugurish assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan. AIMS – World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasining a’zosi hisoblanadi.

II Toshkent xalqaro marafonining litsenziyalangan trassasi yengil atletika sportchilariga 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziya olish yoki qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini beradi.

II Toshkent xalqaro marafonining umumiy mukofot jamg‘armasi oflayn rejimda 180 million so‘mni tashkil qiladi. G‘oliblar medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Marafon va yarimmarafonda 18 yosh va undan kattalar qatnashishi mumkin.

Mavzuga oid

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Samarqa...

20-21 mart kunlari Samarqandda mamlakatimiz miqyosida sig‘imi bo‘yicha Toshkentdagi “Humo ...

O‘zbekiston bokschilari Iordaniyada umum...

Iordaniyaning Ummon shahrida boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasiga lisenziya taqdim etish...

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiya...

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari Olga Zabelinskaya bilan velosport istiq...

So`nggi yangiliklar