25/Mart/2023 Konstitutsiyaviy islohotlar
TALLIN, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Estoniyalik taniqli kinoprodyuser Tatyana Myulbayer O‘zbekistonda amalga oshrilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
- Konstitutsiyada fuqarolar farovonligini taʼminlash, birinchi navbatda, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida davlat zimmasiga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatilgan ijtimoiy davlat tamoyillari mustahkamlanayotganidan xursandman.
Yoshlarga oid davlat siyosati masalalari Konstitutsiyaning alohida bobida mustahkamlanmoqda. Unda yoshlarning madaniy, maʼnaviy va boshqa huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ularning ijodiy, intellektual, jismoniy rivojlanishi va hayotda o‘zini to‘liq anglab olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga davlat masʼul etib belgilab qo‘yilayotgani maqtovga loyiq.
O‘zbekistonda hozirgi kunda 18 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qilayotgani va 2040 yilga borib, demograflarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 25 million kishiga yetishi mumkin.
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi O‘zbekistonda islohotlarning ortga qaytmasligi va demokratik islohotlarni davom ettirish yo‘lining yana bir tasdig‘i bo‘ladi.