27/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
DUBAY, 27-iyun. /Dunyo AA/. BAAdagi o‘zbek diasporasi faoli, “Inkas” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Maqsumov “Dunyo” AA uchun intervyusida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikrlarini birdirdi.
- O‘zbekistonning faol fuqarosi sifatida mamlakatimiz kelajagi haqida qayg‘uraman. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Asosiy qonunimizni takomillashtirish zarurligi haqida tashabbuslariga qo‘shilaman.
Fuqarolik jamiyati tomonidan bu masalaning mamlakat ichida ham, xorijda ham faol muhokama qilinishi islohotlar zarurligini ko‘rsatmoqda.
Tadbirkor sifatida ishbilarmonlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur, deb hisoblayman. Kichik va o‘rta biznesni yaratish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kerak.
O‘ylaymanki, eng muhim masalalardan biri - bu aholi salomatligi masalasidir. Pandemiya kuchli sog‘liqni saqlash tizimiga ega bo‘lish qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Har bir inson sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘lishi kerak.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat boshqaruvini yana-da takomillashtiradi, shuningdek, mamlakatimiz fuqarolarining huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi, deb ishonamiz.