Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Avgust/2020   Jamiyat

Farg‘ona viloyati hokimining Janubiy Koreya investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘zining amaliy faoliyatini boshladi


SEUL, 25 avgust. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov bilan Janubiy Koreya mintaqaviy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi direktori sobiq o‘rinbosari, “Kanaan” kompaniyasi katta maslahatchisi Yun Von Jung o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimligi mas’ul xodimlari, shuningdek, Janubiy Koreyaning «GemVax & KAEL» va «DAU Group» kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 7 iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan Yun Von Jung o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin viloyat rahbari uni Janubiy Koreyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarini jalb qilish bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlashga taklif qilishga qaror qilganini qayd etdi. Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini inobatga olgan holda, Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyati ta’kidlandi. Farg‘ona viloyati hokimligi rahbariyati Yun Von Jung faoliyatida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Yun Von Jung ishonch uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirib, Farg‘ona viloyatiga Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni boshlashga tayyorligini bildirdi. U salohiyatli sheriklarga mintaqa va mavjud imkoniyatlar, shu jumladan «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi hududi to‘g‘risida ma’lumot yetkazishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida Janubiy Koreyaning «GemVax & KAEL» va «DAU Group» kompaniyalari farmatsevtika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha takliflarni bildirdi. Ushbu loyihani amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, Janubiy Koreya tomonining rejalari va qarashlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, Yun Von Jung «Kanaan» kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida tayyor kiyim va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir natijasida munozaralarni davom ettirish va ma’lumot almashish, shuningdek, videokonferensaloqa shaklida muntazam muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

182 nafar yurtdoshimiz Moskva shahri va...

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida kecha Rossiyaning Moskva shahri hamda Novos...

Mehnat va bandlik munosabatlari vazirlig...

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov “Cotton Campaign” koalitsiyasi rahbar...

O‘zbekistonda Sankt-Peterburg universite...

Joriy yilda O‘zbekistonda Sankt-Peterburg Davlat universitetining filialini ochishga tayyo...

So`nggi yangiliklar