Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Farg‘ona viloyatida Janubiy Koreyaning investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi


SEUL, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, Qo‘qon shahri hokimi Ma'ruf Usmonov va Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Janubiy Koreya - O‘zbekiston ishbilarmonlar assosiasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan onlayn-tadbirda «Hanstar» korporatsiyasi prezidenti Jung Yong Bong, «Group Eight» kompaniyasining ijrochi vise-prezidenti Yu Jun Xo, Assosiasiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Yun Jun Sok, «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi ma'muriyati rahbari Farrux Rahmonov va boshqalar ishtirok etdi.

Uning ishtirokchilari qator investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni, xususan, Qo‘qon shahri hududida zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish, «LYA Cosmetics» kompaniyasi bilan birgalikda tabiiy kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, Qo‘qon EIZ hududida «Hanstar» korporatsiyasi bilan koronavirusdan himoya qilish vositalari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston vakillari joriy yil fevral' oyida «Hanshin Engineering & Construction» kompaniyasi ijrochi direktori Choy Mun Gyu boshchiligidagi delegasiyaning Qo‘qonga tashrifi natijalarini yuqori baholadi. Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonga tashrif chog‘ida tomonlar Qo‘qon shahri hududida ko‘p xonadonli turar-joy majmualarini qurish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni tezlashtirishga kelishdi. Shuningdek, «Qo‘qon» EIZ hududida loyihani amalga oshirish uchun tegishli hujjatlar tayyorlashni tezlashtirish muhimligi ta'kidlandi.

Kim Chang Kin Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahri rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, Janubiy Koreya kompaniyalarining muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun barcha resurslarni safarbar qilishga tayyorligini bildirdi. Xususan, «Hanshin Engineering & Construction» kompaniyasi tomonidan loyihalashdan oldingi hujjatlarni tayyorlash jarayoni yakunlanayotgani qayd etildi. Shuningdek, Assosiyasiyaning  Farg‘ona viloyatidagi vakolatxonasi Janubiy Koreya kompaniyalariga O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar bozorini o‘rganish jarayonida zarur yordam ko‘rsatishi ma'lum qilindi.

Janubiy Koreya - O‘zbekiston ishbilarmonlar assosiasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari 12-29 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurish va ikki tomonlama barcha masalalarni batafsil muhokama qilish uchun Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahri rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Muzokaralarda investisiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Janubiy Koreya delegasiyasining Farg‘ona viloyatiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Italiyag...

Mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi tomonidanitaliyalik ishbilarmon doira vakillari ishti...

Sirdaryoda eksport geografiyasi tobora k...

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari avtotransport vositalarida Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiy...

Toshkentda qo‘nib o‘ting!

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Slovakiyaning «Meridian Air Cargo s...

So`nggi yangiliklar