Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2021   Sport

FIFA O‘zbekistonda 2021 yilgi futbol mavsumida VAR tizimidan foydalanishga ruxsat berdi


TOSHKENT, 2-mart. /“Dunyo” AA/. O‘FA va FIFA mutaxassislari o‘rtasida 2021 yilgi mavsumda mamlakatimiz futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar ijobiy yakun topdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘FA Matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Tizimdan foydalanish bo‘yicha FIFA VAR platformasiga zarur meʼyoriy hujjatlar o‘z vaqtida yuklandi. Shuningdek, video yordamchi hakamlar brigadasining 2020 yilgi futbol o‘yinlarida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.

Shu sababli, FIFA 2021 yilgi mavsum davomida O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo‘llashga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolda VAR tizimi bosh hakamga videotakrorlar orqali yakuniy qaror qabul qilishga yordam beruvchi texnologiya hisoblanadi. U rasman 2018 yilda qator sinovlardan keyin kiritilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston sportchi qizlari badiiy gimn...

Badiiy gimnastika bo‘yicha dunyoning 9 ta mamlakati mahoratli sportchilari ishtirokida ikk...

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Belarusda...

Joriy yil 22-26 fevral kunlari Gomel shahrida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi...

Bokschilarimiz Olimpiadaga yo‘llanma ber...

Mart oyi o‘zbek boksi muxlislari uchun yana g‘alabali onlarni taqdim etishi kutilmoqda....

So`nggi yangiliklar