Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Hamkorlik

“Finnair” aviakompaniyasi Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga aviqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

TOSHKENT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Ushbu masala  O‘zbekiston Transport vazirligi, mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi masʼullari,«Uzbekistan Airports» AJ hamda Finlyandiyaning “Finnair” aviakompaniyasi vakillari ishtrokida  bugun videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda “Finnair” aviakompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar departamenti direktori T.Koskinen Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama etib, ushbu yo‘nalishdagi aviakompaniya rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

 Aviakompaniya yo‘lovchi tashuvlarini «Uzbekistan airways»  bilan “Kod-sher” tijoriy kelishuvlari asosida amalga oshirish, shuningdek, yuk tashuvlari yo‘nalishida ham reyslarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi.

 Muloqot davomida mamlakatimizga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish orqali parvozlar geografiyasini kengaytirish natijasida sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Transport vaziriligi  vakillari xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish borasidagi takliflarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.

Mavzuga oid

9-12 avgust kunlari O‘zbekistonda Davlat...

Bugun O‘zbekistonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Birlashgan Millatl...

Malayziya bilan hamkorlikda Buxoro viloy...

Mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Islom taraqqiyoti depart...

Janubiy Koreya aerokosmik universiteti b...

Kecha O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov Janubiy Koreya aerokosmi...

So`nggi yangiliklar