Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2020   Iqtisodiyot

«Folksvagen» yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish 2022 yildan to‘liq o‘zlashtiriladi


TOSHKENT, 26 iyun. /«Dunyo» AA/. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida «Folksvagen» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Qaror bilan «Jizzax avtomobil zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida «O‘zbekiston yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo‘yicha «Folksvagen» kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan konsepsiya ma’qullandi.

Konsepsiyada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

Birinchi bosqichda 2020-2021 yillarda:

- bozorni o‘rganish hamda marketing tahlilini o‘tkazish maqsadida «Folksvagen» va «Shkoda» markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berishni tashkil qilish;

- kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda «Jizzax avtomobil zavodi» xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha o‘qishini tashkil etish;

- «Folksvagen Keddi» modelini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni yetkazib berish;

- mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmog‘i va servis xizmatlarini ko‘rsatish stansiyalarini tashkil etish.

- ikkinchi bosqichda 2022 yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirish.

- 2020 yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Yevro-5» standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi bo‘lishini ta’minlash.

Mavzuga oid

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga vir...

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlar uchu...

Samarqandda ispaniyalik hamkorlar ishtir...

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Ispaniya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona...

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsul...

Joriy yilning 16-19 iyun kunlari Belarus Respublikasida birinchi virtual «Made in Belarus...

So`nggi yangiliklar