Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Aprel/2021   Sport

Fotoreportaj: O‘zbekiston vakili og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi


TOShKENT, 22 aprel. /«Dunyo» AA/. Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha o‘tkazilgan bahslarda erkaklar -81 kg vazn toifasida supaga chiqdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini ikki nafar yosh sportchimiz - Muhammadqodir Toshtemirov hamda Hojiakbar Olimov himoya qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov.

18 yoshga kirgan Hojiakbar Olimovning barcha urinishlari omadli chiqdi va u o‘z ishtirokini 146 kg natija bilan yakunladi. Ammo bu ko‘rsatkich unga sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga imkon bermadi.

Muhammadqodir Toshtemirov esa ushbu vazn toifasining favoritlari bo‘lmish xitoylik atletlar Li Dayin hamda Lyu Ksyao Junga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Muhammadqodir yakuniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Xitoylik atletlar raqiblarini sezilarli darajada ortda qoldirdi va Osiyo rekordini yangiladi. Avvaliga tajribali Lyu Ksyao Jun 174 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, rekord o‘rnatgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas, Li Dayin yurtdoshining natijasini 1 kilogrammga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish mashqida Muhammadqodir Toshtemirov har uch imkoniyatidan unumli foydalandi va 185, 190 va 193 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi.

M.Toshtemirov siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishda oltin medal xitoylik tajribali atlet Lyu Ksyao Junga nasib etdi. U birinchi urinishda 198 kgni o‘ziga bo‘ysundirib, barcha raqiblarini ortda qoldirishga erishdi.

Shunday qilib 20 yoshli sportchimiz Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda bronza, siltab ko‘tarish va ikki kurashda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid

Osiyo suzish federatsiyasi bosh kotibi S...

O‘mon Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo suzish federatsiyasi bosh kotibi Taxa Al Kishri yur...

Anons: Bugun O‘zbekiston va Birlashgan ...

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari Dubay sh...

O‘zbekistonda boksni yanada rivojlantiri...

O‘zbekiston Prezidentining «Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi q...

So`nggi yangiliklar