Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Frankfurt-Maynda O‘zbekistonning kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun texnologiyalar yetkazib berish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

FRANKFURT-MAYN, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari «Becker Mining Systems» kompaniyasi direktori Volfgang Vegener, xalqaro savdo bo‘yicha menejeri Samar Ajdadi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun integratsiyalashgan texnologiyalarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda mamlakat sanoatining geologiya-qidiruv va konchilik tarmoqlarida xususiy tadbirkorlik ulushini oshirish bo‘yicha tashabbuslar doirasida nufuzli xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etishga katta eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

«Becker Mining Systems» kompaniyasi rahbariyati O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari ham...

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi...

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Bri...

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14.00 da savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya ke...

O‘zbekiston-Eron hamkorligini rivojlanti...

Samarqand shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi sav...

So`nggi yangiliklar