Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Aprel/2020   Iqtisodiyot

Fransiya ishbilarmonlari O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilishdan manfaatdor

PARIJ, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan “MEDEF International” Fransiya korxonalari harakati o‘rtasida tashkil qilingan vebinarda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda O‘zbekiston – Fransiya hamkorligini yana-da mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Fransiyaning “Airbus”, “Adeo”, “Air Liquide”, “BPI France”, “Credit Agricole”, “Suez”, “Fives”, “Idemia”, “Orano”, “Rothschild&CIE”, “Total-Eren” kabi moliya va sanoat sektorlarida faoliyat yurituvchi, konsalting xizmatlari taqdim etuvchi, shuningdek, investitsiya va tijorat bilan shug‘ullanuvchi 50 ga yaqin kompaniya vakillari, Fransiya Taraqqiyot agentligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Vebinarda Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi ham qatnashdi.

Videokonferensiya chog‘ida koronavirus pandemiyasining mamlakat makroiqtisodiy barqarorligiga salbiy taʼsirini kamaytirish, hamkorlikni rivojlantirish va hozirgi murakkab sharoitda fransiyalik sheriklar bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan qatʼiy choralarga alohida eʼtibor qaratildi.

“MEDEF International” Fransiya korxonalari harakatidagi O‘zbekiston – Fransiya ishbilarmonlari kengashi raisi Kristof Fonten koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni yuqori baholadi. U dunyoda murakkab vaziyatga hukm surayotganiga qaramasdan O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi. Joriy yilning aprel oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan ishbilarmon doira vakillaridan iborat Fransiya delegatsiyasining tashrifi qoldirilgani bois ushbu tashrifni shu yil yakuniga qadar tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi.

Tomonlar pandemiya davrida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, uning sarmoyaviy hamkorlikka taʼsiri to‘g‘risida fikr almashdi.

Tadbir yakunida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ilgari surishga kelishib olindi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida videokonferensiya aloqasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokamalar o‘tkazish muhimligi taʼkidlandi.

Mavzuga oid

“O‘zbekneftgaz” rahbari xalqaro audit ko...

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Moskva (Rossiya) shahrida “Ernst&...

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro...

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro savdo-sotiq hajmini oshirish istiqbollarini muhok...

ITSV: Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligidagi vazirliklar...

So`nggi yangiliklar