Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Iqtisodiyot

Fransiya kompaniyasi bilan mamlakatimizda ilk GAES qurilishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi


TOShKENT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati va Fransiyaning «EDF» kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, muzokaralarda «EDF» kompaniyasi bilan mamlakatimizda ilk bor GAES qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, o‘zaro amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Memorandum imzolashga kelishib olindi.

Fransiya kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng bo‘ladi.

«EDF» – Fransiyadagi eng yirik davlat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.

Mavzuga oid

Osiyo taraqqiyot banki bilan masofaviy v...

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasid...

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahba...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

O‘zbekiston Tailandga dukkakli don mahsu...

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi va Tailandda meva-sabzavot mahsulotlarining ...

So`nggi yangiliklar