Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Fransiyadan munosabat: Konstitutsiyani isloh qilish O‘zbekiston demokratlashuvining yorqin namunasidir

PARIJ, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. Fransiyada Temuriylar tarixi va sanʼatini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bressand O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar haqida o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- O‘zbekiston Konstitutsiyasini rejali ravishda isloh qilish Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan boshlangan, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda chuqur o‘ylangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan respublikani demokratlashtirishning yorqin namunasidir. Xususan, respublikaga xorijiy biznesni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar eʼtiborga loyiq. Madaniyat sohasida ham madaniy meros obyektlarini tiklash va asrab-avaylash choralari ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda va mamlakatlardan zamonaviy voqelikka munosib javob berishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga demokratlashtirish va qonun ustuvorligini taʼminlashga sodiqligini namoyish etish niyatida.

Prezidentingizning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi natijalarini ko‘rib chiqayotib, bu masala muhokamasiga keng jamoatchilikni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilgani menga maʼqul bo‘ldi. Demak oddiy fuqarolar O‘zbekistonning Asosiy qonuni loyihasi yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini faol bildirmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu jarayonda 50 ming atrofida ana shunday takliflar kelib tushgan. Bu raqam fuqarolik jamiyatining faolligini ko‘rsatmoqda va yangi Konstitutsiyada xalq irodasi to‘la aks ettirilishini anglatmoqda.

Respublika Prezidenti tomonidan o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbus menga maʼqul bo‘ldi. Menimcha, bu juda muhim tashabbus va oldinga tashlangan katta qadam. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar insonning asosiy huquqlari, inson erkinliklari va qadr-qimmatini hurmat qilishni taʼminlashga qaratilgan bo‘lib, bu aslida demokratiyaning asosi hisoblanadi. Va tegishli qoidalarning Konstitutsiyada aks etishi juda muhim.

Harakat erkinligini taʼminlash ko‘zda tutilgan qoidalar jamoatchilikning o‘qish va ishlash uchun chet elga erkin sayohat qilishi va davlatni rivojlantirish uchun yangi tashabbuslar bilan qaytishi uchun muhim shart-sharoitlarni yaratadi.

Shuningdek, yangi Konstitutsiyada ijtimoiy himoyani taʼminlashga oid normalarning kiritilishi meni quvontirdi. Ushbu qoidaga bo‘lgan ehtiyojni Yevropada, xususan Fransiyada pandemiya paytida, odamlar tibbiy yordamdan tashqari, moliyaviy va boshqa qanday yordamga muhtoj bo‘lgan paytda ko‘rish mumkin edi.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, rahbaringiz “oila” tushunchasiga alohida ahamiyat beradi, chunki oila jamiyatning o‘zagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan yangi Konstitutsiyada oila institutini himoya qilish va uning jamiyatdagi rolini mustahkamlash, ayniqsa, o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.

Xulosa o‘rnida, shuni maʼlum qilmoqchimanki, bugun O‘zbekiston qonun ustuvorligiga ega adolatli va demokratik davlat qurish niyatida, bu esa o‘z navbatida uning jadal rivojlanishiga va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkam egallashiga imkon beradi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotla...

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev «Realnoye vremya» nashriga mamlak...

Yaponiyada O‘zbekistondagi konstitutsiya...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya a...

Konstitutsiyaviy islohotlar erkin haraka...

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi Sohipjamol Jol...

So`nggi yangiliklar