Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyul/2022   Izohlar

Fransiyadan munosabat: Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi faol muloqot madaniy va sivilizatsiyalar o‘zaro hamkorlik salohiyatini yana-da to‘liqroq ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar ochadi

PARIJ, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. “Art et Traditions Populaires Salmorenc” uyushmasi (Fransiya) bosh direktori Nikolya Sharleti  “Dunyo” AA  uchun intervyusida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya haqidagi fikrlarini  bayon qildi.


– Avvalo, O‘zbekiston rahbariyatini BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Menimcha, bu O‘zbekiston imijini targ‘ib qilish, respublikaning boy madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish uchun yana bir yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Alohida taʼkidlamoqchimanki, O‘zbekiston tashabbusi bilan tayyorlangan mazkur hujjat sayyoramizning turli mintaqalaridan 40 ga yaqin davlati hammuallifligida qabul qilingani xalqaro hamjamiyat tomonidan uning dolzarbligi yuksak eʼtirof etilganidan dalolat beradi.

Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Markaziy va Janubiy Osiyo ko‘p asrlar davomida xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi faol muloqotga hissa qo‘shib kelmoqda.

Ishonamanki, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi faol muloqot nafaqat savdo-iqtisodiy salohiyatni, balki madaniy-sivilizatsiyaviy hamkorlikni yana-da to‘liqroq amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Shubhasiz, O‘zbekistonning mazkur muhim rezolyutsiya bo‘yicha ilgari surgan tashabbusi Markaziy va Janubiy Osiyoning Yevroosiyoning yangi mintaqaviy markazi sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

 

Mavzuga oid

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy...

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (MOMIHI) direktori Sayid Shakil Sh...

Bryusseldan munosabat: Samarqand sammiti...

Alberto Turkstra, «Diplomatic World Institute» tahliliy markazining loyiha menejeri

Buyuk Britaniyadan munosabat: «Ochiq bud...

O‘zbekistonda “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan...

So`nggi yangiliklar