Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyul/2021   Dolzarb

Fransiyadan munosabat: Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash uchun xalq diplomatiyasining roli juda muhim


PARIJ. 25 iyul. /«Dunyo» AA/. Fransiya Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bressand «Dunyo» AA muxbiriga bergan intervyusida 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. 
Nazarimda, ushbu forum O‘zbekiston imijini mustahkamlash va mamlakatning boy madaniy-tarixiy merosini targ‘ib qilish uchun yana bir yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Bugungi kunda san’at va madaniyatni rivojlantirish borasidagi siyosatning naqadar muvaffaqiyatli va ijobiy amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. «Do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida madaniy-gumanitar aloqalarni jonlantirish» nomli seksiya xalqaro konferensiyasining yalpi majlisiga kiritilgani ham shundan dalolat beradi. Ushbu seksiya doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etish, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik, yoshlar, sog‘liqni saqlash, fan-texnologiya, ekologiya, sayyohlik manfaatlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston rahbarining jahon sayyohlik tashkiloti doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo uchun bu yerda yashayotgan xalqlarning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan dasturini ishlab chiqish taklifini alohida ta’kidlashni istardim.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Termiz shahrida YUNЕSKO shafeligida «Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosi» xalqaro forumini o‘tkazishni taklif qildi. Albatta, xalq diplomatiyasining rivojlanishi ikki mintaqa o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash nuqtai nazaridan o‘ta muhimdir.

Mavzuga oid

Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro ...

Bugun “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston iqli...

Malayziyadagi «Research For Social Advancement» (REFSA) tahlil markazining ijrochi direkto...

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» respu...

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifat...

So`nggi yangiliklar